Категории меню
Теги
Талабалар
Наш опрос
Статистика
Онлайн всего: 6 6
Гостей: 6 6
Пользователей: 0
Televizorning 8 ta zarari
Televizor ko`rmaslikni 8 sababi: 1. Televizor sizning vaqtingizni yeydi: Boshlanishiga tomoshabin zerikkanda ko`radigan serialni o`ylab topishdi, keyin esa shunday serial chiqdiki tomoshabin aynan usha vaqtga avtomatik tarzda o`zini bo`sh qoldiradi va shu serialni kutadi. 2.Televizor sizni ahmoqlashtiradi: Televizorni ko`p ko`rish oqibatida sizning ongingiz siyraklashib boradi. Chunki siz hech qanday harakat aktivligi, mantiqiy fikrlash yoki miyyani ishlashga majbur etadigan ish qilmayapsiz. Siz o`tirib televizor ko`rayapsiz xolos. 3.Televidenie sizni yomonlashtiradi: Zamonaviy prodyusserlar allaqachon foyda qaysi tarafga oqishini bilib olishgan. Ularga ko`proq seks, qo`rqinchli yoki daxshatli bachkana filmlardan ko`proq foyda qoladi. Siz esa bu kabi filmlarni ko`rib yana o`zingizni farishda deya his qilishingiz ?... mumkin emas 4.Ma`lumot peredozirovkasi: Insonda ma`lumot dietasi bo`lishi lozim. Televizor esa bizdagi shu dietani buzadi. Keragidan ko`p ma`lumotni biz o`zimiz hohlamagan ravishda yetkazib beradi. Eslab ko`ringchi siz oldiniga bitta kino ko`raman deb o`tirasiz va natijada kino, reklama, yangiliklar hamda 1 2 ta shou ham tomosha qilishga ulgurasiz . 5.Reklama tabletka,kino,ovqat,saryog`, hotlanch,rollton,poroshok,sim-karta,tabletka... sizga shu doira yoqadimi ? Jonga tegmaydimi ? 6.Televizor sizni baxtsiz qiladi: Ox bu seriallar, ayollar ayniqsa shu seriallarni deb har qanday muhim ishni vaqtinchalik to`xtatib turishadi. Serallardagi qahramonlar ideal ko`ringani sababli inson ularga o`xshagisi keladi va natijada u birovni hayoti bilan yashashni boshlaydi. Misol uchun Doktor House, aqlli lekin qo`pol. Garov o`ynashim mumkinki 10tadan 7 tasi shu odamga o`xshashga harakat qilgan 7.Televizor sizni bechoraga aylantiradi: Ko`rsatilgan reklamalardagi tovarlar sifati qanday bo`lishidan qat`iy nazar biz qiziqish uchun ham harid qilamiz. Shunaqa eksperimentlarni son mingtasini qilganmiz. Agar sifatsiz bo`lsa boshqa olmaymiz. Lekin vaqt va pulketib bo`ldiku .... 8.Sizni hayotingiz televizor dasturlaridan muhimroq: Ko`pchilik tomoshabinlar allaqachon kun tartibini teledasturlar bilan uyg`unlashtirib yuborishgan. Ertalab tonggi dastur, so`ng kechasi 4 - 5 ta serial uni orasida bo`lib o`tayotgan hodisaga e`tibor ham bermaydi. Hayoli qachon shu Esmeraldani ko`zi ochilib ketishida . Albatta mu maqola bilan men televizor 100% zarar demoqchimasman. Chunki inson o`zi o`ylab topgan narsani boshida maqtab keyin esa yomonlaydi. Har bir ixtiro vaqt o`tgani sayin tanqidiy tomonlama ko`plab to`siqlarga uchraydi. Lekin yuqoridagi faktlarni bilib qo`yish o`zingiz va oila a`zolaringiz uchun zarar qilmadi. | |
Turkum: Qiziqarli Saxifa | Qo'shilgan: ADMIN (16.02.2016) | |
Ko'rishlar: 388 |